
Soliq qo‘mitasi xarid cheklarining soddalashtirilgan shaklini joriy etdi
Endilikda elektron chekni to‘liq yoki soddalashtirilgan shaklda ko‘rish mumkin. Soddalashtirilgan ko‘rinishda xarid qilingan mahsulot yoki xizmat nomi va uning summasi, shuningdek, chekning yakuniy summasi ko‘rsatiladi. Shuningdek, elektron chek nusxasini saqlash va boshqa foydalanuvchilar bilan ulashish imkoniyati mavjud.












