Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Texnologiya

Samsung yangi Galaxy Tab A8 planshetini taqdim etdi

Qurilma Yevropada dekabr oyi oxiridan sotuvga chiqariladi.

Foto: Samsung

Samsung yangi Galaxy Tab A8 planshetini taqdim etdi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida xabar berildi.

Maʼlum qilinishicha, uskuna 15,5 dyuymlik WUXGA (1920×1200 piksel) aniqligiga ega TFT-displey va 2 gigagers chastotali 8 yadrolik protsessor bilan jihozlangan. Shu bilan birga, chipning ishlab chiqaruvchisi maʼlum qilinmagan. Galaxy Tab A8 versiyasiga koʻra 3 va 4 gigabaytlik operativ hamda 32, 64 yoki 128 gigabaytlik oʻrnatilgan xotira bilan chiqariladi. Planshetga 4 ta Dolby Atmos dinamiki va 3,5 millimetrlik quloqchin ulagichi oʻrnatilgan.

Bundan tashqari, planshetda 1 terabaytgacha boʻlgan microSD xotira qartasi dastagi, Wi-Fi 5 va Bluetooth v5.0 simsiz aloqa protokollari, qimmatroq variantlarda esa 4G/LTE uyali aloqa moduli mavjud. 7040 milliamper/soatlik oʻrnatilgan akkumulyator 15 vattgacha tezkor simli quvvatlash imkonini beradi.

Samsung Galaxy Tab A8ʻning narxi maʼlum qilinmagan. Planshet Yevropada 2021 yilning dekabrida, AQSHda esa 2022 yilning yanvarida sotuvga chiqariladi.

Avvalroq Samsung Rossiyada smartfonlar sotuvi boʻyicha birinchi oʻringa koʻtarilgani xabar qilingandi. Shuningdek, Samsung sudning Rossiyada 61 ta smartfon modelini sotish taqiqiga qarshi apellyatsiya bergani haqida xabar berildi.