Davlat statistika qoʻmitasi Oʻzbekiston eng koʻp telefon import qilayotgan davlatlar haqida maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, 2021 yilning yanvar-oktyabr oylarida Oʻzbekiston xorijdan qiymati 154,2 million dollarga teng boʻlgan 2,2 million dona mobil telefon import qilgan. Telefon importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,5 million donaga oshgan.
Oʻzbekiston 14 ta davlatdan mobil telefonlar import qilgan.
Oʻzbekiston mobil telefonlarni eng koʻp import qilgan davlatlar:
- Xitoy — 79,5 million dollar;
- Vyetnam — 60 million dollar;
- Hindiston — 7,2 million dollar;
- Qozogʻiston — 5,3 million dollar;
- BAA — 1,4 million dollar;
- Germaniya — 647 ming dollar;
- Rossiya — 175,8 ming dollar.
Xabarga koʻra, oktyabr oyida import qilingan mobil telefonlar soni sentyabr oyiga nisbatan 5460 taga oshgan.
Avvalroq Oʻzbekiston eng koʻp elektromobil import qilayotgan davlatlar haqida maʼlumot berilgandi.


