Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Raqobat qoʻmitasi Yandex UBʻga nisbatan ish qoʻzgʻatdi

Raqobat qoʻmitasi maxsus komissiyasi YandexGo UBʻga nisbatan ish qoʻzgʻatdi. Bunga Uzum Market qoʻmitaga Yandex Market boʻyicha reklama roligida insofsiz raqobat harakatlarini amalga oshirayotganini taʼkidlab yoʻllagan murojaati sabab boʻlgan.

“Raqobat toʻgʻrisida”gi qonun talablari buzilishi alomatlari bilan YandexGo UB MCHJga nisbatan ish qoʻzgʻatildi.

Raqobat qoʻmitasiga Uzum Market MCHJ XKning murojaati kelib tushgan boʻlib, mazkur murojaatda YandexGo UB MCHJ tomonidan televideniye hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali Yandex Market boʻyicha reklama roligida YandexGo UB MCHJ tomonidan Uzum Market MCHJ XKga nisbatan insofsiz raqobat harakatlarini amalga oshirayotganligini hamda uning ishchanlik obroʻsiga putur yetkazayotganligini maʼlum qilib chora koʻrishni soʻragan.

Yuqoridagilarga koʻra, qoʻmita Maxsus komissiyasi tomonidan YandexGo UB MCHJga nisbatan “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonunning 21-moddasi talablari buzilishi alomatlari bilan belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatildi.

Qoʻzgʻatilgan ishni koʻrib chiqish yakunlari yuzasidan qoʻshimcha axborot taqdim etiladi.