Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Ikkilamchi bozordagi uy-joylar narx oshdi

Shuningdek, Toshkent shahrida ijara narxlarida barqarorlik kuzatildi. Oʻrtacha ijara narxi oʻtgan oydagi koʻrsatkichni saqlanib qoldi va bir kvadrat metr uchun 8,1 dollarni tashkil etdi.

Koʻchmas mulk bozoridagi faollik ketma-ket ikki oylik pasayishdan soʻng, aprel oyida barqaror tiklanishni koʻrsatdi. Oy davomida bitimlar hajmi 20 foizga oshib, 24 mingtani tashkil etdi.

Aprel oyida koʻchmas mulk bozoridagi hududiy dinamika barqaror oʻsishni koʻrsatib, respublikaning hech qaysi hududida bitimlar hajmida pasayish qayd etilmadi.

Faollikning eng sezilarli oʻsishi Namanganda (39 foiz), Samarqand (29 foiz) va Buxoro viloyatlarida (27 foiz) qayd etildi.

Aprel oyida Oʻzbekistonda ikkilamchi bozorda uy-joylarning oʻrtacha narxi oʻtgan oyga nisbatan 1,3 foizga oshdi. Yillik hisobda oʻsish 2,4 foizni tashkil etdi.

Oʻsish surʼatlari Jizzax, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasida yuqori qayd etilgan.

Aprel oyida Toshkent shahri koʻchmas mulk bozori nisbatan barqarorlikni koʻrsatdi. Ikkilamchi bozorda uy-joylarning oʻrtacha narxi deyarli oʻzgarmagan (0,3 foiz pasayish). Yillik hisobda ham birlamchi, ham ikkilamchi koʻchmas mulk bozorlarida narxlarning pasayishi kuzatildi.

Ikkilamchi uy-joylarning oʻrtacha narxi 6,3 foizga kamaygan boʻlsa, birlamchi uy-joy segmentida esa pasayish 4,2 foizni tashkil etdi. Ikkilamchi uy-joy narxlarining eng katta pasayishi Chilonzor (10,7 foiz), Mirzo Ulugʻbek (9,4 foiz) va Yashnobod (8,2 foiz) tumanlarida kuzatildi.

Birlamchi uy-joy narxlarining eng sezilarli pasayishi Uchtepa (15,3 foiz), Shayxontohur (13,3 foiz) va Yunusobod (8,8 foiz) tumanlarida kuzatildi.

Aprel oyida Toshkent shahrida ijara narxlarining barqarorlik kuzatildi. Oʻrtacha ijara narxi oʻtgan oydagi koʻrsatkichni saqlanib qoldi va bir kvadrat metr uchun 8,1 dollarni tashkil etdi.

Poytaxtning Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida ijara narxi nisbatan yuqoriligicha qolmoqda. Ushbu tumanlarda ijara narxi bir kvadrat metr uchun oʻrtacha 10,4 dollarni tashkil etadi.

Yillik hisobda oʻrtacha ijara narxlarining pasayishi sekinlashib, 3 foizni tashkil etdi. Yil davomida ijara narxlarining eng sezilarli pasayishi Uchtepa, Yunusobod va Mirzo Ulugʻbek tumanlarida qayd etildi.