2025 yil avgust oyi yakunlariga koʻra, uy-joy oldi-sotdi shartnomalari soni 25 mingtani tashkil etdi va oʻtgan oyga nisbatan 4,6 foizga kamaydi, deya xabar berdi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi.
Hududlar kesimida eng koʻp bitimlar Sirdaryo (34 foiz), Xorazm (29 foiz) va Surxondaryo (27 foiz) viloyatlarida qayd etilgan.
Ikkilamchi uy-joy bozori
Oʻzbekistonning ikkilamchi uy-joy bozorida narxlar moʻtadil dinamikani koʻrsatdi. Iyul oyida 1,7 foizlik oshishdan soʻng, avgust oyida bir kvadrat metr uchun oʻrtacha bozor narxi yana 1 foizga koʻtarildi. Yillik hisobda esa ikkilamchi bozordagi narxlar 4 foizga oʻsgan.
Hududlar darajasida oʻtgan yil avgust oyidan buyon uy-joy narxlarining eng yuqori oʻsishi Jizzax (14 foiz), Surxondaryo (17 foiz) va Sirdaryo (10 foiz) viloyatlarida qayd etilgan.
Toshkent shahrida koʻchmas mulk bozoridagi vaziyat
Yillik hisobda avgust oyida ikkilamchi uy-joy bozorida oʻrtacha narxlar 2,3 foizga pasaydi. Shu bilan birga, poytaxtda birlamchi uy-joy narxlari bir yil ichida moʻtadil ravishda 0,7 foizga oshdi.
Toshkent shahrida ikkilamchi uy-joy bozorida narxlar 0,2%ga oshdi.
Ikkilamchi uy-joy narxlarlarining eng sezilarli pasayishi Mirzo Ulugʻbek (-6,3 foiz), Yashnobod (-4,4 foiz) va Chilonzor (-4,6 foiz) tumanlarida kuzatildi. Shu bilan birga, yangi qurilgan uy-joylar segmentida eng yuqori narx oʻsishi Mirobod (6,6 foiz), Yakkasaroy (3,6 foiz) va Olmazor (2,6 foiz) tumanlarida qayd etilgan.


