Asosiy mazmunga oʻtish
Jonli maʼlumot 19avgust · Chorshanba
USD 11 820,40 ▼ −36,95 EUR 13 684,48 ▼ −61,75 RUB 139,05 ▼ −0,27 GBP 15 990,64 ▼ −84,37
Maʼlumot: Markaziy bank
Tahlil

Ikkilamchi avtomobillar bozorida narxlar tushishi davom etmoqda

Oʻzbekistonda mahalliy va xorijiy avtomobillar, shuningdek, elektromobillarning ikkilamchi bozordagi narxi tushishda davom etmoqda. Masalan, oʻrtacha foydalanilgan Nexia 600 dollarga, BYD E2 800 dollarga, inomarkalar esa 500 dollardan 3000 ming dollargacha arzonlashgan.

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari tomonidan 2025 yilning mart oyida ikkilamchi bozorda avtomobillar narxining oʻzgarishi tahlil qilindi.

Mahalliy ommabop avtomobillar narxi. Joriy yilning mart oyida mahalliy ommabop avtomobillarning oʻrtacha narxi pasayishda davom etib, yanvar oyidagiga nisbatan quyidagicha arzonlashdi:

  • Onix: koʻp foydalanilgani $1000 ga ($13 172 dan $12 170 ga), kam foydalanilgani $400 ga ($14 900 dan $14 500 ga);
  • Lacetti: koʻp foydalanilgani $300 ga ($13 500 dan $13 200 ga), oʻrtacha foydalanilgani $200 ga ($14 500 dan $14 300 ga), kam foydalanilgani $150 ga ($15 000 dan $14 850 ga)
  • Cobalt: oʻrtacha foydalanilgani $339 ga ($12 339 dan $12 000 ga), koʻp foydalanilgani $100 ga ($11 600 dan $11 500 ga), kam foydalanilgani $70 ga ($12 750 dan $12 680 ga);
  • Nexia: oʻrtacha foydalanilgani $600 ga ($11 500 dan $10 900 ga); koʻp foydalanilgani $284 ga ($10 784 dan $10 500 ga);
  • Spark: oʻrtacha foydalanilgani $100 ga ($10 500 dan $10 400 ga), koʻp foydalanilgani $100 ga ($9 600 dan $9 500 ga);
  • Damas: oʻrtacha foydalanilgani $134 ga ($8 000 dan $7 866 ga), kam foydalanilgani $61 ga ($8 061 dan $8 000 ga) arzonlashgan.

Mahalliy lyuks avtomobillar narxi. Mahalliy lyuks avtomobillar narxi yanvar oyidagiga nisbatan quyidagicha oʻzgargan:

  • Equinox: kam foydalanilgani $2400 ga ($35 500 dan $33 100 ga), oʻrtacha foydalanilgani $1000 ga ($31 000 dan $30 000 ga), koʻp foydalanilgani $466 ga ($27 300 dan $26 834 ga);
  • Malibu: kam foydalanilgani $313 ga ($32 313 dan $32 000 ga);
  • Tracker: koʻp foydalanilgani $723 ga ($16 923 dan $16 200 ga), oʻrtacha foydalanilgani $382 ga ($17 882 dan $17 500 ga) arzonlashgan. Shunigdek, oʻrtacha foydalanilgan Malibu narxi $150 ga ($29 150 dan $29 300 ga) oshgan boʻlsa, koʻp foydalanilgan Malibu ($26 000) va kam foydalanilgan Tracker ($18 000) narxida oʻzgarish kuzatilmagan.

Elektromobillar narxi. Mazkur davrda yangi va oʻrtacha foydalanilgan elektromobillar narxining tushishi tezlashdi. Xususan:

  • BYD E2: yangisi $800 ga ($16 800 dan $16 000 ga),
  • BYD HAN: oʻrtacha foydalanilgani $1100 ga ($35 000 dan $33 900 ga), yangisi $650 ga ($32 150 dan $31 500 ga);
  • BYD Song Plus DM-i Champion: oʻrtacha foydalanilgani $1200 ga ($25 500 dan $24 300 ga), yangisi $600 ga ($28 200 dan $27 600 ga);
  • BYD Song Plus EV Champion»: yangisi $675 ga ($28 000 dan $27 325 ga), oʻrtacha foydalanilgani $500 ga ($26 000 dan $25 500 ga);
  • BYD Yuan Up: yangisi $200 ga ($20 800 dan $20 600 ga, oʻrtacha foydalanilgani $225 ga ($19 000 dan $18 775 ga) arzonlashgan.

Xorijiy avtomobillar narxi. Joriy yilning mart oyida yanvar oyiga nisbatan xorijiy avtomobillardan Kia Sportage, K5, Sorento va Seltosʻning narxlari boshqa avtomobillar narxlariga nisbatan sezilarli darajada arzonlashdi. Xususan:

  • Kia Sorento: koʻp foydalanilgani $3000 ga ($38 000 dan $35 000 ga), kam foydalanilgani $3000 ga ($47 500 dan $44 500 ga);
  • Kia Sportage: kam foydalanilgani $1750 ga ($31 750 dan $30 000 ga), koʻp foydalanilgani $1233 ga ($29 733 dan $28 500 ga), oʻrtacha foydalanilgani $678 ga ($31 178 dan $30 500 ga);
  • Kia K5: oʻrtacha foydalanilgani $1200 ga ($27 500 dan $26 300 ga), koʻp foydalanilgani $900 ga ($26 000 dan $25 100 ga);
  • Kia Seltos: oʻrtacha foydalanilgani $1350 ga ($26 000 dan $24 650 ga), koʻp foydalanilgani $500 ga ($24 000 dan $23 500 ga), kam foydalanilgani $550 ga ($25 800 dan $25 250 ga) arzonlashdi.

Narxlarni tahlil qilishda maʼlumotlar olx.uz platformasidan veb skreping (web scraping) orqali toʻplandi. Bunda yanvar oyi uchun 20,2 mingta, mart oyi uchun 22,5 mingta maʼlumotdan foydalanildi.