Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Oʻquv markazi ochmoqchi boʻlganlarga subsidiya beriladi

Joriy yilning 1 aprelidan qishloq hududlarida xorijiy tillarni oʻqitishni yoʻlga qoʻyish uchun subsidiya ajratishning navbatdagi bosqichi boshlandi.

Xizmatdan Yagona portal orqali foydalanish mumkin hamda buning uchun hech qanday toʻlov mavjud emas. Buning uchun “Qishloq hududlarida xorijiy tillarni oʻqitish faoliyatini tashkil etish uchun nodavlat taʼlim tashkilotlariga subsidiya ajratish” xizmati tanlanadi.

Undan faqat yuridik shaxslar foydalanishlari mumkin. Bu turdagi subsidiyalar quyidagi maqsadlarda ajratiladi:

  • bino va oʻquv xonalarini AKT, mebel, asbob-uskunalar, texnik vosita va boshqa anjomlar bilan jihozlash;
  • zarur darsliklar, oʻquv-metodik adabiyotlar va kutubxona-axborot resurslari hamda vositalari bilan taʼminlash;
  • pedagoglarga haq toʻlash.

Buning uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

  • 2 yilga moʻljallangan biznes reja;
  • mahsulot yetkazib berish yoki ishlarni, xizmatlarni bajarish toʻgʻrisida tuzilgan xoʻjalik shartnomalari;
  • pedagog kadrlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari;
  • pedagog kadrlarning xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatlari (mavjud boʻlsa);
  • taʼlim jarayonida foydalanilayotgan bino yoki oʻquv xonalarining ijara shartnomasi (koʻchmas mulk ijarasi asosida faoliyat yuritayotgan nodavlat taʼlim tashkilotlari uchun).

Talabgorlar barcha hujjatlarni platformaga Pdf shaklida yuklashlari kerak boʻladi.

Arizalarni joriy yilning 10 apreligacha havola orqali joʻnatish mumkin. Arizalar bir oy ichida koʻrib chiqiladi.

Belgilangan muddat tugagach, bu turdagi subsidiyalar uchun arizalar qabulining keyingi toʻlqini joriy yilning iyul oyida boshida ochiladi.