Asosiy mazmunga oʻtish
Jonli maʼlumot 19avgust · Chorshanba
USD 11 820,40 ▼ −36,95 EUR 13 684,48 ▼ −61,75 RUB 139,05 ▼ −0,27 GBP 15 990,64 ▼ −84,37
Maʼlumot: Markaziy bank
Tahlil

Oʻzbekiston uy-joy bozori: narxlar barqarorlashmoqda

Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston uy-joy bozorida faollik yuqori boʻldi, ammo 2022 yildan buyon oʻsish surʼati sekinlashmoqda. 2024 yilda oldi-sotdi bitimlari soni 5,8 foizga kamaygan boʻlsa, ipoteka kreditlari hajmi oʻsishi ham 6foizgacha pasaydi. Shunday boʻlsa-da, ipoteka bozorda talabni saqlab qolishda muhim rol oʻynamoqda.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 2024 yilda uy-joy bozorida kuzatilgan umumiy vaziyatga oid sharhini eʼlon qildi.

2019-2021 yillarda uy-joy bozoridagi faollik keskin oshishi kuzatilgan boʻlsa, 2022 yildan boshlab faollik barqarorlashish fazasiga oʻta boshladi. Xususan, 2019-2021 yillarda shartnomalar soni yiliga 10 foizdan yuqoriroq oʻsib kelgan boʻlsa, 2022 yilda oʻsish 3,8 foiz va 2023 yilda 5,7 foizga tushgan.

2024 yilda roʻyxatdan oʻtgan uy-joy oldi-sotdi bitimlari soni oʻtgan yilga nisbatan 5,8 foizga pasayib, jami 256,6 ming donani tashkil etdi.

Yillik hisobda uy-joy bitimlaridagi pasayish 2024 yilning fevral-sentyabr oylarida kuzatilib, yil soʻnggiga kelib bitimlar sonida (oylik) oʻsish kuzatila boshlandi.

Ipoteka kreditlari uy-joyga boʻlgan talabni qoʻllab-quvvatlovchi asosiy omil boʻlib, 2017-2024 yillarda kreditlash hajmi 4,3 baravar, kreditlar qoldigʻi esa 7 baravarga koʻpaygan.

2023-2024 yillarda ipoteka kreditlari oʻsish surʼati sekinlashayotganligini koʻrish mumkin. 2022 yildagi keskin koʻtarilishdan soʻng, kreditlash hajmi 2023 yilda 12 foizga, 2024 yilda 6 foizga oʻsdi.

Soʻnggi yillarda ikkilamchi bozor uchun kreditlar hajmi koʻpayib bormoqda.

2019-2022 yillarda ajratilgan ipoteka kreditlarining 0 foiz birlamchi bozor uchun ajratilgan boʻlsa, 2023-2024 yillarda ushbu koʻrsatkich 60 foizga tushgan.

Umuman olganda, 201 yilga solishtirganda ipoteka kreditlarining oʻsish asosan ikkilamchi bozor hissasiga toʻgʻri kelgan.

arkaz hisob-kitoblariga koʻra, 2025 yil yanvar holatiga tijorat ipoteka kreditlari boʻyicha oʻrtacha foiz stavka 25,3 foizga teng Markaziy bank maʼlumotiga koʻra, 2024 yil boʻyicha tijorat banklarining oʻz mablagʻlari hisobidan ajratilgan ipoteka kreditlari oʻrtacha foiz stavkasi 24,8 foizni tashkil etgan.

2025 yil uchun kutilmalar

2025 yilda ham uy-joy bozorida talab va taklifni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan ishlar davom ettirilishi koʻzda tutilgan.

Xususan, 2025 yilda 120 ming xonadonli koʻp qavatli uylar qurilishi rejalashtirilgan boʻlib, uy-joy dasturlarini moliyalashtirishga byudjetdan 15,5 trln soʻm, banklar tomonidan qoʻshimcha 10 trln soʻm yoʻnaltirilishi rejalashtirilgan.

2022-2024 yillarda uy-joy narxlari oʻzgarishining tahlili koʻrsatishicha, oʻtgan 2 yilda narxlar oʻsishi sekinlashmoqda. isol uchun, 2024 yilda nominal uy-joy narxlari respublika boʻyicha oʻrtacha 23,6 foiz (dollar hisobida) oʻsgan boʻlsa, 2024 yilda narxlar oʻsishi 6,2 foizni tashkil etdi.

Xuddi shunday trendni real narxlar oʻsishida ham kuzatish mumkin. 2022 yilda real narx oʻsishi 14,6 foizdan 2023 yilda 18,5 foizga koʻtarilgan boʻlsa, 2024 yilda real narxlar oʻsishi asosan nominal narx oʻsishidagi pasayishi natijasida keskin tushib, 1 foizni tashkil qildi.

2024 yil soʻnggiga kelib uy-joy narxlari oʻsishi pasayishdan toʻxtab, narxlar biroz barqarorlashayotganini koʻrish mumkin. Hisob-kitoblarga koʻra, yillik hisobda ipoteka kreditlari oʻsish surʼatining 1 foiz bandga ortishi, uy-joylar (kvartiralar) real narxlar oʻsish surʼatini 0,37 foiz bandga oshiradi.

Umuman olganda, 2022 yil yanvaridan 2024 yil dekabrigacha nominal hisobda respublika boʻyicha ikkilamchi bozorda narxlar jami (kumulyativ) oʻsishi 47 foizni tashkil etdi.

Hududlar kesimida narxlarning eng yuqori oʻsishi Toshkent viloyati (67 foiz), Buxoro viloyati (65 foiz), argʻona viloyati (54 foiz), Xorazm viloyatida (52 foiz), kuzatilgan.