Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari rekord koʻrsatkichga yetdi

Markaziy bank yirik miqdorda oltinni sotdi va 100 mln dollarlik qimmatli qogʻozlarni xarid qildi. Valyuta aktivlari esa 2,1 mlrd dollardan koʻproqqa oshdi.

Fevral oyida Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari rekord darajaga — 44,93 milliard dollarga yetdi. Bu haqda Markaziy bank maʼlumotlarida keltirilgan.

Joriy yilning 1 mart holatiga koʻra, regulyator zaxiralaridagi aktivlarning umumiy qiymati bir oyda 2,034 milliard dollarga yoki qariyb 5 foizga oshdi. Bu maʼlumotlar eʼlon qilina boshlangan vaqtdan keyingi davr uchun eng yuqori koʻrsatkichdir. Shu bilan birga, oʻtgan yilning noyabr oyida oʻrnatilgan rekord yangilandi.

Oltin zaxiralari qiymati 201,9 million dollarga kamayib, 34,86 milliard dollarni tashkil etdi. Shunga qaramay, rekord darajaga yaqinligicha qolmoqda. Uning fizik hajmi esa 12,18 million troy unsiyaga (379,45 tonna) kamaydi.

Oʻtgan oyda Oʻzbekistonning valyuta zaxiralari ham 2,23 milliard dollarga oshdi. Ularning hajmi 9,53 milliard dollarni, shu jumladan, boshqa mamlakatlar markaziy banklari va XVJdagi hisob raqamlarida 414,32 million dollarni hamda xorijiy banklarda 8,91 milliard dollarni tashkil etdi.

Bundan tashqari, Markaziy bank tomonidan sotib olingan qimmatli qogʻozlar qiymati bir oyda qariyb ikki baravar oshib, 102,1 millon dollardan 202,46 millon dollarga yetdi.