Асосий мазмунга ўтиш
11август · Сешанба USD 11 934,61 ▼ −0,2% EUR 13 788,05 ▲ +0,1% RUB 144,64 ▼ −0,4% Маълумот: Марказий банк
Иқтисодиёт ва молия

Toshkentda uy-joy ijara narxlari arzonlashmoqda

Toshkent shahrida 2024-yil noyabr oyida uy-joy ijara narxlari pastlagan. O‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun ijara narxlari oktyabr oyiga nisbatan 1,3 foizga kamaygan. 1 xonali xonadonlar uchun o‘rtacha ijara narxi 0,9 foizga, 2 xonali xonadonlar uchun 1,3 foizga, 4 xonali xonadonlar uchun esa 3,9 foizga pasaygan.

Toshkent shahrida 2024-yilning noyabr oyida uy-joy ijara narxlari pasayishda davom etmoqda. Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) tomonidan o‘tkazilgan tahlilga ko‘ra, poytaxtdagi o‘rtacha ijara narxlari oktyabr oyiga nisbatan 1,3 foizga pasaygan.

O‘rtacha ta’mirlangan uy-joylar ijara narxlari:
1 xonali xonadonlar uchun ijara narxi oktyabr oyiga nisbatan 0,9 foizga pasaygan;
2 xonali xonadonlar uchun narx 1,3 foizga kamaygan;
3 xonali xonadonlar uchun ijara narxi esa biroz 0,8 foizga ko‘tarilgan;
4 xonali xonadonlar uchun narx 3,9 foizga pasaygan.

Toshkent tumanlari bo‘yicha eng arzon ijara narxlari:
Sergeli tumanida 1 xonali xonadonlar 298 AQSh dollari, 4 xonali xonadonlar esa 411 AQSh dollari.
Olmazor tumanida 1 xonali xonadonlar 330 AQSh dollari, 4 xonali xonadonlar esa 479 AQSh dollari.

  Eng qimmat ijara narxlari:
Mirobod tumanida 1 xonali xonadonlar 378 AQSh dollari, 4 xonali xonadonlar esa 865 AQSh dollari.
Yakkasaroy tumanida 1 xonali xonadonlar 367 AQSh dollari, 4 xonali xonadonlar esa 743 AQSh dollari.

To‘liq ta’mirlangan uy-joylar uchun ijara narxlari o‘zgarishsiz qolgan:

– 1 xonali uylar uchun ijara narxi 0,6 foizga oshgan;
– 2 xonali (559 AQSh dollari) va 3 xonali (733 AQSh dollari) uylarning ijara narxlari deyarli o‘zgarmagan;
– 4 xonali uylar uchun ijara narxi 0,9 foizga pasaygan.

Eng arzon va qimmat to‘liq ta’mirlangan uy-joylar:

   Eng arzon ijara narxlari:
Sergeli tumanida 1 xonali uylar 331 AQSh dollari, 4 xonali uylar esa 587 AQSh dollari.
Uchtepa tumanida 1 xonali uylar 353 AQSh dollari, 4 xonali uylar esa 688 AQSh dollari.

Eng qimmat ijara narxlari:
Mirobod tumanida 1 xonali uylar 479 AQSh dollari, 4 xonali uylar esa 1313 AQSh dollari.
Shayxontohur tumanida 1 xonali uylar 520 AQSh dollari, 4 xonali uylar esa 1258 AQSh dollari.