Асосий мазмунга ўтиш
Жонли маълумот 10ноябр · Сешанба
USD 11 994,10 ▲ +6,94 EUR 13 420,20 ▲ +26,95 RUB 145,79 ▼ −0,50 GBP 16 087,69 ▲ +27,29
Маълумот: Марказий банк
Иқтисодиёт ва молия

Bandlik vaziri lavozimidan ozod etildi

Prezident raisligidagi videoselektor yig‘ilishida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga bugungi kunga qadar Toshkent shahri Shayxontohur tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan Botir Zohidov vazir etib tayinlandi.

Ayni daqiqalarda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qurilish industriyasi va qurilish materiallarini ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga bugungi kungacha Toshkent shahri Shayxontohur tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan Botir Zohidov vazir etib tayinlandi.

Behzod Musayev esa bundan buyon Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbari sifatida faoliyatini davom ettiradi.

Shuningdek, videoselektor yig‘ilishida Mahallabay ishlash agentligi tugatilib, uning vakolatlari hamda hokim yordamchilari Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga o‘tkazilishi ma’lum qilindi.