Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Kanada Ukrainaga 25 mln dollar ajratadi

Kanada Ukrainadagi harbiylarga yuqori aniqlikdagi uchuvchisiz kameralar, qishki jihozlar, jumladan, portativ isitgichlar, koʻrpa-toʻshaklar va uxlash uchun sumkalar bilan taʼminlash maqsadida 25 mln dollar ajratadi

Kanada Ukrainaga  34 million Kanada dollari (taxminan 25,5 mln dollar) miqdorida harbiy yordam koʻrsatishini maʼlum qildi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Anita Anand aytib oʻtdi.

Qayd etilishicha, Kanada Ukraina harbiylarini Buyuk Britaniyada “Unifiyer” operatsiyasi doirasida tayyorlash boʻyicha missiyasini 2023 yil oxirigacha uzaytiradi. Ushbu mablagʻ Ukrainada  sunʼiy yoʻldosh tasvirlari, shuningdek, yuqori aniqlikdagi uchuvchisiz kameralar, qishki jihozlar, jumladan, portativ isitgichlar, termal koʻrpa-toʻshaklar va uxlash uchun sumkalar bilan taʼminlashga yoʻnaltiriladi.

Oktyabr oyida ham Kanada mudofaa vazirligi Ukrainaga 500 ming qishki jihoz va kiyim-kechaklarni topshirishga rozi boʻlgan edi. Kanadaning 11 kompaniyasi bilan shartnomalar imzolandi.

Mudofaa vazirining taʼkidlashicha, qishki kiyim-kechaklar, jumladan kurtkalar, shimlar, etiklar va qoʻlqoplarni yetkazib berish noyabr oyining oxirigacha yakunlanadi.