Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Iqtisodiyot va moliya

Ukrainadan evakuatsiya qilingan Oʻzbekiston fuqarolarini olib kelish uchun Polshaga ikkinchi maxsus samolyot uchdi

Evakuatsiya jarayonn tezlashtirish uchun 7 ta avtobus ijaraga olingan.

Foto: “Katovitse” aeroporti

Ukrainadan evakuatsiya qilingan Oʻzbekiston fuqarolarini olib chiqish uchun Toshkentdan Polshaga ikkinchi maxsus samolyot joʻnab ketdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ayni paytda “Katovitse” (Polsha) aeroportida Toshkentdan uchgan Uzbekistan Airways AJning birinchi bortiga 241 nafar Oʻzbekiston fuqarosi joylashmoqda.

28 Fevral kuni Toshkentdan uchgan ikkinchi samolyot mahalliy vaqt bilan soat 17:00 (Toshkentda 21:00) atrofida Polshaga yetib borishi kutilmoqda.

Avvalroq Ukrainadagi oʻzbekistonliklarni evakuatsiya qilish uchun Toshkentdan Polshaga birinchi maxsus samolyot joʻnab ketgani xabar qilingandi.

Oʻzbekistonning Kiyevdagi elchixonasidan olingan maʼlumotga koʻra, Ukrainaning Krakoves nazorat punkti orqali oʻzbekistonliklarni oʻtkazishni tezlashtirish maqsadida 7 ta avtobus ijaraga olingan. Ular koʻmagida shu paytgacha Ukraina-Polsha chegarasiga 11 marta qatnov amalga oshirilgan.

Ayni paytga qadar 560 nafardan koʻproq fuqaro Polsha davlat chegarasini kesib oʻtgan.