Davlat rahbari 8 fevral kuni viloyat hokimlari oldiga kelgusi ikki yilda 2 mingta bogʻcha, maktab va tibbiyot muassasalarini ichimlik suvi bilan taʼminlash vazifasini qoʻydi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu maqsadlar uchun respublika byudjetidan 50 milliard soʻm, mahalliy byudjetlar hisobidan yana 50 milliard soʻm ajratiladi.
Bundan tashqari, Jahon bankining qishloqlar infratuzilmasini yaxshilashga ajratilgan 160 milliard soʻm hamda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarida 413 ta mahallada ichimlik suvi taʼminotini yaxshilashga beriladigan 1 trillion soʻm mablagʻlar ham birinchi navbatda shu maqsadlarga yoʻnaltiriladi.
Ushbu maqsadlarga qoʻshimcha 100 million dollar xalqaro moliya tashkilotlarining mablagʻlarini jalb qilish topshirilgan.


