Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Iqtisodiyot va moliya

Oʻzbekistonning barcha hududlarida elektr taʼminoti toʻliq tiklandi — Energetika vazirligi

Fuqarolardan elektr toki uzilishining oldini olish maqsadida elektr vositalarini ehtiyojsiz yoqmaslik soʻralgan.

Foto: “finobzor.ru”

Oʻzbekistonning barcha hududlarida elektr taʼminoti toʻliq tiklandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, ayni paytda mamlakatda “Toʻraqoʻrgʻon” IYESdan tashqari barcha elektr stansiyalarining rejim ishi tiklangan. Shuningdek, soat 16:00 dan respublikaning barcha hududlarida elektr energiyasi taʼminoti toʻliq tiklangan.

Shu bilan birga, Oʻzbekistonda gaz taʼminoti toʻliq tiklanmaganini inobatga olgan holda, fuqarolardan sabr-toqatli boʻlish va elektr toki uzilishining oldini olish uchun qoʻshimcha elektr isitgichlarni alohida ehtiyojsiz yoqmaslik soʻralgan.

Avvalroq Prezident elektr taʼminoti uzilishi boʻyicha munosabat bildirgani xabar qilingandi.