Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Iqtisodiyot va moliya

Oʻzbekiston-Rossiya qoʻshma korxonasi 850 mln dollarga “Gazli” yerosti gaz omborxonasini modernizatsiya qiladi

Omborxona gaz zaxirasini 3 dan 10 mlrd kub metrgacha oshirish Gazli Gas Storage tomonidan amalga oshiriladi.

Foto: “Oʻzbekneftgaz” matbuot xizmati

Oʻzbekiston-Rossiya qoʻshma korxonasi 850 mln dollarga “Gazli” yerosti gaz omborxonasini modernizatsiya qiladi. Bu haqda “Oʻztransgaz” korxonasi matbuot xizmati xabar berdi.

Gaz va neft konlarini qoʻshimcha qidirish va qoʻshimcha oʻzlashtirish, shuningdek, Oʻzbekistondagi eng yirik YEGO inshootida gaz zaxirasini 3 dan 10 milliard kub metrgacha oshirish Gazli Gas Storage kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Kompaniya 2018 yilda “Oʻzbekneftegaz” tarkibiga kiruvchi “Neftegazinvest” va Rossiyaning “Forus” kompaniyalari tomonidan tashkil etilgan. “Gazli” omborxonasini rekonstruksiya qilish loyihasining umumiy qiymati 850 million dollarga baholanmoqda.

“Gazli” gaz konidan Buxoro–Ural va Markaziy Osiyo–Markaz magistral gaz quvurlari tortilgan boʻlib, ular orqali Rossiyaga gaz yetkazib berish mumkin.

Avvalroq Sardor Umurzoqov Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri bilan qoʻshma loyihalarni muhokama qilgani xabar qilingandi.