Oʻzbekiston 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida 115,3 million dollarlik benzin import qildi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekistonga qiymati 115,3 million dollarga teng boʻlgan 308,4 million litr avtomobil benzini import qilingan. Shuningdek, avtomobil benzini importi 2020 yilning mos davriga nisbatan 112 million litrga oshgan.
Qayd etilishicha, Oʻzbekiston avtomobil benzinini import qilgan asosiy davlatlar quyidagilardan iborat:
- Rossiya — 145,3 million litr;
- Turkmaniston — 141,2 million litr;
- Qozogʻiston — 16 million litr;
- Iroq — 3,6 million litr;
- Eron — 1,8 million litr.
Maʼlumot oʻrnida, Oʻzbekistonda 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida 1 million tonnadan ziyod avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.
Avvalroq Oʻzbekiston tovar-xom ashyo birjasida benzin va shakarning kunlik oʻrtacha narxi tushgani xabar qilingandi.


