Oʻzbekiston 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida 16 ming tonna anor eksport qildi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekiston 2021 yilning 11 oyida 16 ta xorijiy davlatga qiymati 12,3 million dollarga teng boʻlgan 16,1 ming tonna anor eksport qilgan. Shuningdek, anor eksporti 2020 yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,2 ming tonnaga oshgan.
Qayd etilishicha, Oʻzbekiston eng koʻp anor eksport qilgan davlatlar quyidagilardan iborat:
- Rossiya — 6 ming tonna;
- Qozogʻiston — 5,6 ming tonna;
- Qirgʻiziston — 2,1 ming tonna;
- Tojikiston — 1,2 ming tonna;
- Ukraina — 477 tonna.
Shuningdek, xorijga eng koʻp anor eksport qilgan hududlar:
- Fargʻona viloyati — 5,5 ming tonna;
- Surxondaryo viloyati — 3,1 ming tonna;
- Toshkent viloyati — 2,1 ming tonna;
- Xorazm viloyati — 1,3 ming tonna.
Avvalroq Oʻzbekiston 11 oyda qancha meva-sabzavot eksport qilgani haqida xabar berilgandi.


