Oʻzbekiston 2021 yilning 11 oyida qiymati 863,1 million dollarlik meva-sabzavot eksportini amalga oshirdi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida qiymati 863,1 million dollarga teng boʻlgan qariyb 1,4 million tonna meva va sabzavotlar eksport qilingan.
Qayd etilishicha, Oʻzbekiston 2021 yilning 11 oyida eng koʻp meva va sabzavotlar eksport qilgan davlatlar quyidagilardan iborat:
- Qozogʻiston — 587 ming tonna;
- Rossiya — 375 ming tonna;
- Qirgʻiziston — 123 ming tonna;
- Xitoy — 99 ming tonna;
- Afgʻoniston — 31 ming tonna;
- Ukraina — 29 ming tonna;
- Pokiston — 29 ming tonna;
- Turkmaniston — 26 ming tonna;
- Belarus — 14 ming tonna;
- Turkiya — 13 ming tonna;
- Eron — 9,8 ming tonna;
- Ozarbayjon — 8,5 ming tonna;
- BAA — 4,6 ming tonna;
- Germaniya — 4 ming tonna.
Avvalroq Oʻzbekiston 11 oyda qancha meva-sabzavot eksport qilgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Oʻzbekistonda eng koʻp meva-sabzavot eksport qilayotgan hududlar xabar qilindi.


