“Oʻzbekiston temir yoʻllari” 2021 yil 27 dekabrdan 2022 yil 9 yanvargacha “Toshkent—Buxoro—Toshkent” yoʻnalishida 770/769-sonli “Afrosiyob” poyezdlarining qatnovini yoʻlga qoʻyadi. Bu haqda “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” matbuot xizmati xabar berdi.
Hozirgacha faqat haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari soat 09:02 da Toshkent markaziy temir yoʻl vokzalidan harakatini amalga oshirib kelayotgan “Afrosiyob” poyezdi 27 dekabrdan 2022 yil 9 yanvargacha har kuni soat 09:02 da “Toshkent—Buxoro” yoʻnalishida qatnovini amalga oshiradi.
Shuningdek, 769-sonli “Afrosiyob” poyezdi ham 27 dekabrdan 2022 yil 9 yanvargacha har kuni soat 15:02 da “Buxoro—Toshkent” yoʻnalishida qatnovini amalga oshiradi.
Ushbu poyezdlar Samarqand, Navoiy temir yoʻl vokzallarida ham toʻxtab oʻtadi. Bundan tashqari bayram kunlari barcha yoʻlovchi poyezdlarga qoʻshimcha vagonlar ham ulanadi.
Avvalroq Toshkentdan Buxoroga qoʻshimcha “Afrosiyob” qatnovi yoʻlga qoʻyilishi haqida xabar berilgandi.


