General Motors (GM) elektr quvvati bilan ishlaydigan birinchi GMC Hummer EV pikap yuk mashinalarini xaridorlarga yetkazib berishni boshladi. Bu haqda CNBC haqida xabar berdi.
Yangi yuk mashinasida muhandislar Ultium platformasidan, shuningdek, GM tomonidan ishlab chiqilgan dvigatellar va akkumulyatorlardan foydalangan. Kompaniya ushbu ishlanmalardan oʻnlab yangi avtomobil modellari uchun asos sifatida foydalanishni rejalashtirmoqda.
Kompaniya Hummer EV jami qancha sotilganini oshkor etmayapti, uning hozirgi narxi 113 ming dollarni tashkil qiladi. Shu bilan birga, nashrning qayd etishicha, birinchi seriyali Hummer EV kimoshdi savdosida 2,5 million dollarga sotilgan.
Xabarga koʻra, 2025 yilgacha GM elektromobillarni ishlab chiqarish va rivojlantirishga 30 million dollarga yaqin sarmoya kiritadi. GM, shuningdek, FedEx kompaniyasiga oʻzining tijorat elektr yuk mashinalarining birinchi partiyasining yetkazib berishini tasdiqladi.
Hummer EV bozorga chiqarilgan ikkinchi toʻliq elektr pikapdir.


