“Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali respublikada kuzatilayotgan jazirama ob-havo sharoitida elektr energiyasi isteʼmoli keskin ortishi kutilayotgani haqida ogohlantirdi.
Maʼlum qilinishicha, yuqori yuklama natijasida Toshkent shahrining ayrim hududlarida qisqa muddatli elektr taʼminotidagi uzilishlar va avariyaviy oʻchirishlar kuzatilishi mumkin.
Filial bildirishicha, elektr tarmoqlari va uskunalarining barqaror ishlashini taʼminlash, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nosozliklarni tezkor bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻrilmoqda.
Tashkilot aholini elektr energiyasidan oqilona va tejamkor foydalanishga hamda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan vaqtinchalik noqulayliklarga tushunish bilan yondashishga chaqirdi.


