Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Ozarbayjon Xalqaro banki Davrbankʻning nazorat paketini sotib olmoqda

Bitim regulyatorlar tomonidan maʼqullansa, 2026 yilning ikkinchi yarmidan ABB Davrbank brendi ostida faoliyatini davom ettiradi.

Joriy yilning ikkinchi yarmida Ozarbayjon Xalqaro banki (ABB) Oʻzbekistonning Davrbankʻini sotib olib, mamlakat bozorida faoliyat boshlaydi.

Bu haqda Bokuda bankning barqarorlik boʻyicha hisobotiga bagʻishlangan matbuot anjumanida ABB boshqaruv raisi Abbos Ibrohimov maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston bozoridagi xususiy bankning nazorat paketini sotib olish boʻyicha muzokaralar ijobiy yakunlangan.

“Biz nazorat paketini sotib olmoqchi boʻlgan bank Oʻzbekistondagi xususiy banklardan biri boʻlib, u Davrbank deb ataladi. Umid qilamizki, ruxsatnomalarni olish va rasmiylashtirish jarayonlarini tez yakunlay olsak, mamlakatimizning xalqaro bank brendi — ABB Oʻzbekiston bozorida ABB Davrbank nomi ostida joriy yilning ikkinchi yarmidayoq faoliyat boshlaydi”, — dedi u.

Boshqaruv raisi ABB Davrbank aksiyalarining 51 foiziga egalik qilishini qoʻshimcha qildi.