Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Milliy valyutadagi kreditlar ulushi 61 foizga yetdi — Markaziy bank

Ularning asosiy qismi jismoniy shaxslar hissasiga toʻgʻri kelib, ichki talabni qoʻllab-quvvatlovchi asosiy omillardan biri boʻlib qolmoqda.

Foto: Markaziy bank

Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, kreditlar tarkibida milliy valyutadagi kreditlar ulushi sezilarli oshib, 2026 yil boshida 61 foizga yetdi (2024 yilda — 55 foiz). Regulyator buni kreditlar tarkibida milliy valyuta ulushi bosqichma-bosqich oshib borgani bilan izohladi.

Milliy valyutadagi kreditlarning asosiy qismi jismoniy shaxslar hissasiga toʻgʻri keladi. Aholi kreditlari ichki talabni qoʻllab-quvvatlovchi asosiy omillardan biri boʻlib qolmoqda, deya tushuntiradi MB.

Chet el valyutasidagi kreditlar asosan korxonalarga yoʻnaltirilib, eksport va import bilan bogʻliq loyihalarni moliyalashtirishga xizmat qilmoqda.

Ajratilgan kreditlarning asosiy qismi (88 foiz) uzoq muddatli.

“Bu investitsion loyihalar, ipoteka va uzoq muddatli biznes rivojiga ustuvorlik berilayotganini koʻrsatadi”, — deydi MB.

MB hisob-kitoblariga koʻra, mamlakat tijorat banklari kredit portfeli barqaror kengaymoqda. Bu, regulyatorga koʻra, ichki talab va investitsiya faolligi kuchayib borayotganini koʻrsatadi.

Soʻnggi ikki yilda banklar kredit portfeli izchil oʻsib, 2026 yil boshiga 604 trln soʻmdan ziyodni tashkil etdi. Bu 2024 yilgi koʻrsatkichga nisbatan qariyb 28 foizga yuqori boʻlib, bank tizimida kreditlash jarayonlarining barqarorligidan dalolat beradi.