Fuqarolarning soliq qarzdorligi haqidagi maʼlumotlarini raislar mahalla guruhlarida tarqatayotgani yuzasidan Samarqand viloyati soliq organlari tomonidan oʻrganish ishlari olib borilmoqda.
Qayd etilishicha, jismoniy shaxslar tomonidan toʻlangan mol-mulk va yer soliqlarining 10 foizi tegishli mahallalarda qoldirilib, infratuzilmani rivojlantirish va obodonlashtirish ishlariga yoʻnaltiriladi.
“Shu sababli mahalla raislarining ushbu masalalarga masʼuliyat bilan yondashishi tabiiy hol hisoblanadi”, deyiladi xabarda.
Soliq kodeksiga koʻra, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, toʻlangan soliqlar va soliq qarzi haqidagi maʼlumotlar soliq siri hisoblanmasligi ham taʼkidlandi.
Oʻzbekiston fuqarosining shaxsiy maʼlumotlari internetga “sizdirilgani” toʻgʻrisida xabar qilingandi. Statistika qoʻmitasi, Soliq qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi oʻz tizimlariga tashqi manbalar orqali buzib kirilmaganini bildirgan.


