Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Bank karta ochish va sim-karta olishni onlayn amalga oshirish mumkin boʻladi

50 dan ortiq xizmatlarda sunʼiy intellekt texnologiyalari joriy etiladi. Biznes boshlash, sugʻurta va reklama xizmatlarini raqamlashtirish rejalashtirilgan.

To protect against fraud, U.S. banks will be issuing credit cards with small computer chips. But some experts say using a PIN to complete a transaction is more secure than a signature.

Shavkat Mirziyoyev 20 yanvar kuni raqamli texnologiyalarni rivojlantirish sohasida erishilgan natijalar hamda 2026 yilga moʻljallangan ustuvor vazifalarga bagʻishlangan taqdimot bilan tanishdi. Taqdimotda elektron davlat xizmatlarini yanada rivojlantirish rejalari koʻrib chiqildi. Raqamli xizmatlar sonini 900 tagacha yetkazish, MyGov.uz mobil ilovasining funksionalini kengaytirish koʻzda tutilgan.

Xususan, 50 tadan ortiq xizmatlarda sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish, Aholining yagona reyestrini ishlab chiqish, tadbirkorlik subyektini ochish, yakka tartibdagi tadbirkorlik xodimlarini hisobga qoʻyish, bank plastik kartasini ochish, sim-karta olish, sugʻurta va reklama xizmatlarini raqamlashtirish rejalashtirilgan.

Taqdimotda sunʼiy intellekt texnologiyalari uchun infratuzilma yaratish ishlarining borishi haqida axborot berildi.

Hozirgi kunda kichik super kompyuter ishga tushirildi, katta super kompyuterni xarid qilish va ishga tushirish ishlari faol bosqichda borayotgani qayd etildi.

Loyiha natijasida 15 ta oliy taʼlim muassasasida sunʼiy intellekt laboratoriyalari tashkil etiladi, sohadagi mutaxassislarning salohiyati oshadi hamda mahalliy SI yechimlarini yaratish va joriy etish imkoniyatlari yaratiladi.

Oʻzbekiston hududlarida data-markazlar tarmogʻini kengaytirish, maʼlumotlar xavfsizligi va uzluksizligini taʼminlash zarurligi qayd etildi.

Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish masalalariga eʼtibor qaratildi. Bu borada barqaror oʻsishga erishilayotgani, internet tezligi va qamrovi yildan yilga oshib, mobil aloqa xizmatlarining sifati yaxshilangani taʼkidlandi.

2026 yilda 5G texnologiyalarini joriy etish va aholi punktlarini yuqori tezlikdagi internet bilan qamrab olishni davom ettirish, shuningdek, sunʼiy yoʻldosh aloqasidan foydalanishni kengaytirish rejalashtirilgan.

Prezident raqamli texnologiyalar iqtisodiyot tarmoqlari raqobatbardoshligini oshirish, davlat boshqaruvini yaxshilash va aholi hayoti sifatiga bevosita taʼsir koʻrsatishini taʼkidlab, belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.