Asosiy mazmunga oʻtish
Jonli maʼlumot 19avgust · Chorshanba
USD 11 820,40 ▼ −36,95 EUR 13 684,48 ▼ −61,75 RUB 139,05 ▼ −0,27 GBP 15 990,64 ▼ −84,37
Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Oʻzbekistonda dollar kursi 2025 yilda qanday oʻzgardi?

2025 yil yakunlariga koʻra, Oʻzbekistonda dollar kursi 879 soʻmga (+6,8 foiz) pasaydi. Oʻtgan yillarda milliy valyutaning barqaror devalvatsiyasi kuzatilgandi.

Foto: “novostipmr.com”

Oʻzbekiston milliy valyutasi soʻnggi oʻnyilliklarda birinchi marta devalvatsiya trendini buzdi. Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 2025 yilda 879,58 soʻmga — 12 904,91 soʻmdan 12 025,33 soʻmgacha qadrsizlandi. Bu dushanba kungi savdo natijalaridan kelib chiqadi.

Yil davomida milliy valyuta ilk bor 6,8 foizga mustahkamlandi. Taqqoslash uchun, oʻtgan yillarda devalvatsiya kuzatilgan: 2024 yilda — 4,71 foizga, 2023 yilda — 9,92 foizga, 2022 yilda — 3,58% ga.

dollar, dollar kursi, markaziy bank, mirkomil xolboyev, soʻm

Eslatib oʻtamiz, Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025 yilda AQSH dollarining soʻmga nisbatan oʻrtacha yillik kursi 13 250 soʻmni (2024 yil uchun prognoz qilingan darajadan 4,8 foizga koʻp) tashkil etishini kutgan edi, biroq amaldagi koʻrsatkich 12 576 soʻmga tushdi.

Iqtisodchi Mirkomil Xolboyevning taʼkidlashicha, 2025 yilda Qozogʻiston tengesi 3,9 foizga, Rossiya rubli 23,8 foizga mustahkamlangan, Qirgʻiziston soʻmi esa 0,5 foizga qadrsizlangan.

Uning soʻzlariga koʻra, 2025 yilda soʻmning tarixiy mustahkamlanishi dollarning global zaiflashishi (yil davomida dollar indeksi 9,4 foizga pasaydi), shuningdek, mamlakatning asosiy eksport mahsuloti boʻlgan oltin narxining keskin oshishi (2025 yilda 70 foizga oʻsish) bilan qoʻllab-quvvatlandi. Natijada oltin eksportidan tushgan daromad tarixiy darajaga yetdi — 11 oyda $9,9 mlrd.

Bundan tashqari, asosiy migratsiya bozorlarida valyutalarning mustahkamlanishi (xususan, rubl) pul oʻtkazmalarining kutilganidan yuqori oʻsishiga (11 oyda 17,3 milliard dollar), shuningdek, investitsiya oqimlarining koʻpayishiga yordam berdi (9 oyda asosiy kapitalga xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi 24 foizga oshdi). Bu omillar ham milliy valyutaning mustahkamlanishiga turtki boʻldi, deb yozadi Xolboyev.

Shuningdek, uning yozishicha, yil davomida soʻm 134 ta savdo sessiyasida mustahkamlangan boʻlib, bu jami sessiyalarning 53,4 foizini tashkil etadi. Taqqoslash uchun: soʻm 2024 yilda 108 kun, 2023 yilda esa 102 kun davomida mustahkamlangan.

Joriy yilga eng yaqin koʻrsatkich avvalroq 2022 yilda qayd etilgan boʻlib, oʻshanda soʻm 127 ta sessiyada mustahkamlangan. Biroq 2022 yilda soʻm dollarga nisbatan 3,7 foizga qadrsizlangandi.

Soʻmda kuzatilgan yana bir xarakterli oʻzgarish — soʻm-dollar juftligida koridorning sezilarli darajada kengayishi boʻldi.

2025 yilda soʻm-dollar juftligi boʻyicha kursning oʻrtacha kunlik oʻzgarishi 34,7 soʻmni tashkil etdi (may oyidan keyingi davrda — 45,2 soʻm). Taqqoslash uchun: 2024 yilda oʻrtacha kunlik oʻzgarish 15,1 soʻmni, 2023 yilda 17,3 soʻmni tashkil etgan.