Oʻzbekiston Markaziy banki 24 noyabr kungi savdolar uchun 1 AQSH dollarining soʻmga nisbatan kursini 11 914 soʻm etib belgiladi. Yil boshidan buyon soʻmning Amerika valutasiga nisbatan mustahkamlanishi 7,7 foizni tashkil etyapti.
S&P xalqaro reyting agentligiga koʻra, oʻzbek soʻmining dollarga nisbatan kursi keyingi yillar davomida quyidagicha boʻlishi mumkin:
- 2026 yilning oxirida – 12 592 soʻm;
- 2027 yilning oxirida – 13 158 soʻm;
- 2028 yilning oxirida – 13 751 soʻm.
Soʻmning dollarga nisbatan kursini aniq prognoz qilish juda murakkab, chunki bu koʻplab omillarga bogʻliq. Xususan, Oʻzbekistonda iqtisodiy oʻsish yaxshi boʻlsa, soʻmning dollarga nisbatan qadrsizlanishi sekinlashadi. Aksincha, mamlakatda inflatsiya darajasi oshib ketsa, soʻmning qadri pasayadi. Tashqi savdoda eksport-import balansi ham milliy valuta qiymatining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.


