Oʻtgan yalpi majlisda eʼtiroz bildirgach, qonun loyihasi ancha tuzatildi. Buni ustiga, Prezidentning farmoniyam bor — 2026 yil 1 iyulgacha tadbirkorga yangi javobgarlik yuklab boʻlmaydi.
Qonunni oʻzgargan joylari:
– “Dala chetlari” degani faqat ekin eksa mahsulot beradigan, suvi bor, sharoiti bor maydonlar. Taqir yermas.
– Ekin ekmadi deb solinadigan soliq butun yergamas, aynan oʻsha chetdagi maydonga tegishli boʻladi.
– Eng muhimi: jarima 2026 yil 1 iyuldan keyin kiritiladi. Hozircha faqat tushuntirish bosqichi.
Fermerga yordamam bor: fitosanitariya sertifikati bepul, koʻchat xarajatining yarmini davlat toʻlaydi, yordamchi inspektorlaram boʻladi.
Shuning uchun qonunga bosh ogʻriq debmas, imkoniyat deb qarasagam boʻlar?


