Oʻzbekistonda elektron xizmatlar koʻrsatuvchi 68 ta xorijiy kompaniya tomonidan 2025 yilning I choragida 36,2 mlrd soʻm soliq toʻlangan.
Soliq qoʻmitasi maʼlum qilishicha, ushbu koʻrsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobar koʻp. Toʻlangan soliqlarning 94,5 foizi elektron xizmatlar koʻrsatuvchi quyidagi 10 ta xorijiy kompaniyalar hissasiga toʻgʻri keladi.

Uch oyda Apple kompaniyasi 88,6 mlrd soʻm ishlab topgan. Oʻz navbatida, kompaniya 10,6 mlrd soʻm soliq toʻlagan.
Keyingi oʻrinni esa Meta kompaniyasi egallagan. Ushbu kompaniya 87 mlrd soʻm ishlab topgan boʻlsa, 10,5 mlrd soʻm soliq toʻlagan. Google esa 8,9 mlrd soʻm soliq toʻladi. Kompaniya I chorakda 80,8 mlrd soʻm ishlagan.
Kuchli toʻrtlikdan esa sunʼiy intellekt kompaniyasi – OpenAI egallagan. Kompaniya 9,1 mlrd soʻm ishlab topgan boʻlsa, 1,1 mlrd soʻm soliq toʻlagan.
Keyingi oltita oʻrin esa quyidagicha (toʻlangan soliqlar hisobida):
- TikTok – 934,8 mln soʻm;
- Booking – 542,7 mln soʻm;
- Netflix – 467,6 mln soʻm;
- Zoom – 432,6 mln soʻm;
- Acca – 427 mln soʻm;
- Xsolla – 235,6 mln soʻm.


