Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Qaysi banklardan ipoteka kreditini rasmiylashtirish mumkin? (roʻyxat)

Oʻzbekistonda mavjud 36 ta bankdan 21 tasida ipoteka krediti rasmiylashtirish mumkin boʻlib, oʻrtacha foiz stavkasi 25 foizni tashkil qiladi.

Oʻzbekistonda banklar ikki turdagi ipoteka kreditlarini berishadi: davlat dasturiga boʻyicha — faqat foydalanishga topshirilgan yangi binolardagi kvartiralar uchun beriladi, oddiy — ham yangi binolardagi kvartiralar, ham ikkilamchi uy-joylar uchun ajratiladi.

Davlat dasturi boʻyicha ipoteka krediti stavkalar yiliga 16,5−17,5 foiz orasida oʻzgarib turadi (Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisobidan). Biroq, bunday kreditlar miqdori cheklangan. Ikkinchi turdagi kredit miqdori cheklanmagan, ammo foiz stavkasi ancha yuqori, chunki bunday kreditlar bankning oʻz mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.

Davlat dasturi boʻyicha ipoteka kreditlarini 12ta bankdan olish mumkin. Yillik stavka 16,5−17,5 foizni tashkil qiladi. Kredit 20 yil muddatga beriladi.

Bunda baʼzan imtiyozli davr ham beriladi va u ikki oydan ikki yilgacha davom etishi mumkin. Bu vaqt mobaynida qarzdor kredit boʻyicha faqat foizni toʻlab turishi va qarzning asosiy qismini toʻlamasligi mumkin.

Davlat dasturi boʻyicha ipotekada maksimal summa Toshkentdagi uylarga 420 mln soʻm berilib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va boshqa viloyatdagilarga esa 330 mln soʻmni tashkil qiladi.

Kam taʼminlangan fuqarolar uchun dastlabki toʻlovni qoplash uchun belgilangan subsidiya miqdori 32 mln soʻmni tashkil etadi.

Ipotekani rasmiylashtirish

Bank boʻlimiga birinchi marta borishdan avval kamida oxirgi 6 oydagi daromadlar toʻgʻrisida maʼlumot tayyorlash kerak. U bank xodimi bilan maslahatlashish vaqtida kredit qanday shartlar asosida ajratilishini aniqlash imkonini beradi.

Agar kreditni uzishga mablagʻ yetmaydigan boʻlsa, hamkor jalb etish mumkin. Ariza beruvchi boshqa kredit boʻyicha qarzdor boʻlmasligi lozim.

Agar ipoteka shartlari qarz oluvchini qoniqtiradigan boʻlsa, navbatdagi qadamga, yaʼni uy tanlash, uy quruvchi yoki mulk egasi bilan dastlabki shartnoma tuzish, mustaqil baholash oʻtkazish va boshqa hujjatlar toʻplashga oʻtish mumkin.

Kerakli hujjatlar:

  • ariza;
  • pasport yoki ID karta (arizachi va uning hamkoriniki);
  • daromad toʻgʻrisidagi maʼlumot (arizachi va uning hamkoriniki);
  • uy-joy oldi-sotdi toʻgʻrisidagi dastlabki shartnoma;
  • kadastr hujjatlari.

Kredit uchun kerakli hujjatlar roʻyxati bankning ichki siyosatiga koʻra oʻzgarishi mumkin.

Bank hujjatarni koʻrib chiqib, arizani maʼqullagandan soʻng qarzdor va bank oʻrtasida shartnoma tuziladi. Bu hujjat asosida uy xaridor nomiga rasman rasmiylashtiriladi, sugʻurta qilinadi va bankka garov rasmiylashtiriladi. Shundan keyingina quruvchi (yoki sotuvchining bank kartasiga) hisobiga pul oʻtkaziladi.

Roʻyxat alifbo tartibida tuzilgan va banklarni tartiblamaydi. Maʼlumotlar banklarning rasmiy saytlari va call-markazlaridan olindi.

*boshlangʻich toʻlov 30% boʻlganda kredit 17%ni tashkil qiladi.
**boshlangʻich toʻlov 40% boʻlganda kredit 17%ni tashkil qiladi.
***boshlangʻich toʻlov 50% boʻlganda kredit 16,5%ni tashkil qiladi

Oddiy ipoteka

Oddiy ipoteka kreditlari 21 ta bank tomonidan beriladi. Kredit stavkasi 23,9%dan 30%gacha, toʻlash muddati esa 5 yildan 20 yilgacha.

Ipotek krediti olinayotganda dastlabki toʻlov qanchalik katta boʻlsa, foiz stavkasi shunchalik past boʻladi.