Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Qurilishda ekologik nazorat kuchaytirildi: yangi jarimalar belgilandi

Endi qurilish maydonlarida havoni ifloslantirish talablariga rioya etmaganlik uchun mansabdor shaxslar katta jarimalarga tortiladi. Yangi qonunga koʻra, hududdagi chang va qum zarrachalarining havoga koʻtarilishiga yoʻl qoʻyganlar 3,75 mln soʻmdan 18,75 mln soʻmgacha jarima toʻlaydi.

Qurilish maydonlarida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaganlik uchun javobgarlik belgilandi.

Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga qurilish maydonlarida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaganlik uchun javobgarlikni belgilovchi qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritildi.

Bunda:

Oʻlchami besh yuz kvadrat metr va undan ortiq boʻlgan qurilish maydonida, unga tutash boʻlgan hududda hamda undan chiqish yoʻllarida chang va qum zarrachalarining havoga koʻtarilishini bartaraf etishga doir majburiy talablarni buzish yoxud ushbu hududlarda ifloslantiruvchi moddalarning yoʻl qoʻyiladigan doiradagi normativlardan ortiq darajada atmosfera havosiga chiqarilishiga yoʻl qoʻyish:

  • mansabdor shaxslarga BHMning 10 baravari (3 mln 750 ming soʻm) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa:

  • mansabdor shaxslarga BHMning 50 baravari (18 mln 750 ming soʻm) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.