Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Prezident onlayn kredit olish tartibini soddalashtirish boʻyicha topshiriq berdi

Shavkat Mirziyoyev davlat banklari onlayn xizmatlar, aholi uchun jozibador yangi mahsulotlar yaratishda xususiy banklardan orqada qolib ketayotganini qayd etdi.

Shavkat Mirziyoyev raisligida xizmatlar sohasini rivojlantirish boʻyicha 2024 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025 yil uchun asosiy vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boshlandi.

Yigʻilishda taʼkidlinishicha, moliyaviy xizmatlar hajmini 30 foizga oshirish boʻyicha aniq rejalar belgilangan.

Prezident davlat banklari onlayn xizmatlar, aholi uchun jozibador yangi mahsulotlar yaratishda xususiy banklardan orqada qolib ketayotganini qayd etdi.

Misol uchun, oʻtgan yili xususiy banklarda masofaviy xizmatdan foydalanuvchilar soni 32 foizga oshgan boʻlsa, davlat banklarida bor-yoʻgʻi 13 foizga oshgan.

Banklar joriy yilda masofaviy xizmat koʻrsatishni kamida 30 foizga oʻstirishi muhimligi taʼkidlandi. Misol uchun, kadastr, soliq, adliya idoralarining bazasi banklar axborot tizimiga integratsiya qilinsa, garovga qoʻyilgan mulkni notariusga borib, taqiq qoʻyish amaliyoti bekor boʻladi.

Mutasaddilarga onlayn kredit olish tartibini soddalashtirish boʻyicha qaror ishlab chiqib, kiritish topshirildi.