Асосий мазмунга ўтиш
11август · Сешанба USD 11 934,61 ▼ −0,2% EUR 13 788,05 ▲ +0,1% RUB 144,64 ▼ −0,4% Маълумот: Марказий банк
Технология

6G internet tezligi hozirgidan 9000 marta yuqori bo‘lishi kutilmoqda

Yangi avlod telefon tarmoqlari keng chastotalar bo‘ylab uzatishning yangi texnikasi tufayli hozirgilaridan keskin ustunlikka ega bo‘lishi mumkin.

Londonning Universitet kolleji olimlari keng diapazondagi chastotalar, radioto‘lqinlar va yorug‘likni birlashtirgan holda sekundiga 938 gigabit ma’lumotni uzatish imkoniyatiga ega bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Newscientist” nashri.

Qayd etish kerak, bu orqali bir soniyada o‘rtacha kattalikdagi 20 dan ortiq kinoni yuklab olish mumkin bo‘ladi.

Hozirda olimlar jamoasi o‘zlari yaratgan 6G texnologiyasini ommalashtirish uchun smartfon ishlab chiqaruvchilar hamda aloqa operatorlari bilan muzokara o‘tkazmoqda.