Асосий мазмунга ўтиш
Жонли маълумот 10ноябр · Сешанба
USD 11 994,10 ▲ +6,94 EUR 13 420,20 ▲ +26,95 RUB 145,79 ▼ −0,50 GBP 16 087,69 ▲ +27,29
Маълумот: Марказий банк
Иқтисодиёт ва молия

O‘zbekistonga sakkiz oyda 13 mingga yaqin elektromobil import qilindi

Yanvar-avgust oylarida xorijdan qiymati 166,8 million AQSH dollariga teng elektromobil import qilingan. Elektromobillarning qariyb barchasi Xitoydan keltirilgan. Shuningdek, Qozog‘iston, Gongkong, Germaniya, BAA va AQSHdan ham elektromobillar olib kelingan.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2024 yilning yanvar-avgust oylarida xorijdan qiymati 166,8 million AQSH dollariga 12 913 ta elektromobil import qilgan.

8 oyda O‘zbekiston eng ko‘p elektromobil import qilgan davlatlar:

  • Xitoy – 12 840 ta;
  • Qozog‘iston – 22 ta;
  • Gonkong – 15 ta;
  • Germaniya – 12 ta;
  • BAA – 10 ta;
  • AQSH – 9 ta.

Ma‘lumot uchun, O‘zbekiston 8 oyda 188 ta mamlakat bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan. Tashqi savdo aylanmasi hajmi 42,7 milliard AQSH dollariga (Import – 25,4 milliard) yetgan va uning salmoqli hissasi Xitoy (18,8 %), Rossiya (18,2 %), Qozog‘iston (6,2 %), Turkiya (4,6 %) va Koreya Respublikasiga (3,1 %) to‘g‘ri kelgan.