Асосий мазмунга ўтиш
Жонли маълумот 10ноябр · Сешанба
USD 11 994,10 ▲ +6,94 EUR 13 420,20 ▲ +26,95 RUB 145,79 ▼ −0,50 GBP 16 087,69 ▲ +27,29
Маълумот: Марказий банк
Иқтисодиёт ва молия

O‘zbekistonda 2024-yilda ilk bor iste’mol narxlarining pasayishi kuzatildi

Iyun oyida oziq-ovqat narxlari 0,24 foizga arzonlashgan

Statistika qo‘mitasining ma’lum qilishicha, iyun oyida O‘zbekistonda 6 oy ichida ilk bor iste’mol narxlarining pasayishi (deflyatsiya) kuzatilgan.

Bunda iste’mol narxlari 0,24 foizga arzonlashgan bo‘lsa, yillik inflyatsiya 10,6 foiz darajasida saqlanib qolgan. Iqtisodchilar mavsumiy deflyatsiyani meva-sabzavotlar narxining sezilarli darajada pasayishi bilan bog‘lamoqda.

Xususan, oziq-ovqat mahsulotlari narxi iyun oyi davomida 1,8 foizga arzonlashgan. Aksincha, qo‘y go‘shti 1 foiz, mol go‘shti 0,7 foiz hamda guruch 0,7 foizga qimmatlashgan.

Shuningdek, yakunlangan oyda nooziq-ovqat mahsulotlari narxi 0,8 foizga, xizmatlar narxi 0,9 foizga ko‘tarilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yil uchun uchun inflyatsiya prognozi 9-11 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda.