Namangan xalqaro aeroportida qalin tuman tufayli koʻrinishning yomonlashishi (100 m) samolyotlarni qabul qilish va joʻnatishni vaqtincha cheklab qoʻydi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.
Xususan, Uzbekistan Airports aviakompaniyasining HY074/073 (Buxoro — Namangan — Buxoro) reysi bekor qilindi. HY9826/9823 (Sochi — Namangan — Krasnoyarsk) va HY9824/9857 (Krasnoyarsk — Namangan — Ufa) reyslari uchish vaqti oʻzgartirildi.
S7 aviakompaniyasining Novosibirsk — Namangan — Novosibirsk yoʻnalishidagi SBI5567/5568 reysi ham bekor qilindi. Parvoz Toshkent xalqaro aeroportidan amalga oshiriladi.