Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Namangan xalqaro aeroporti faoliyati vaqtincha cheklandi

Noqulay ob-havo tufayli Namangan aeroporti vaqtincha cheklandi. Kuvayt—Namangan va Omsk—Namangan yoʻnalishidagi samolyotlar Namangan xalqaro aeroportida qalin tuman tufayli Toshkent va Manasga yoʻnaltirildi

Foto: Uzbekistan Airports

Namangan xalqaro aeroportida tumanli ob-havo tufayli koʻrish chegarasining pasayib ketishi reyslarni qabul qilish va joʻnatishni cheklab qoʻydi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.

Xususan, Jazeera Airways aviakompaniyasining Quvaytdan Namanganga yoʻl olgan J9645 reysi Qirgʻizistonga yoʻnaltirildi. Samolyot Bishkek aeroportiga mahalliy vaqt bilan soat 09:31 da qoʻndi.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Omsk-Namangan yoʻnalishi boʻyicha uchgan HY9810 reysi Toshkent aeroportiga yoʻnaltirildi va mahalliy vaqt bilan soat 07:55 da kelib qoʻndi. Soat 05:50 ga belgilangan HY9825 (Namangan – Sochi) reysining uchishi esa kechiktirildi. Samolyot Namangan aeroportida ob-havo sharoiti yaxshilanishini kutmoqda, shundan soʻng u belgilangan manzilga uchib ketadi.

“Dubaydan mahalliy vaqt bilan soat 01:20 da uchib kelishi kerak boʻlgan Flydubai aviakompaniyasining FZ781/782 yoʻlovchi reysi Namangandagi noqulay ob-havo sharoiti tufayli uchish aeroportida ob-havo sharoiti yaxshilanishini kutmoqda”, — deyiladi xabarda.