Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Markaziy bank fuqarolarni ogohlantirish bilan chiqdi

“Yangi yil bayrami munosabati bilan aksiyalar, qimmatbaho sovgʻalar, davlat tomonidan beriladigan nafaqalar, kam foizli kreditlar va katta miqdordagi pul yutuqlari toʻgʻrisidagi eʼlonlar koʻpaymoqda”, — deyiladi Markaziy bank xabarida.

Foto: Markaziy bank

Internet tarmogʻi hamda ijtimoy tarmoqlarda koʻrinishidan banklar, toʻlov tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning rasmiy saytiga oʻxshash sohta veb-sahifalar va ularning nomi bilan ochilgan turli sohta kanallarning soni ortib bormoqda.

Bugungi kunda ular orqali yangi yil bayrami munosabati bilan aksiyalar, qimmatbaho sovgʻalar, davlat tomonidan beriladigan nafaqalar, kam foizli kreditlar va katta miqdordagi pul yutuqlari toʻgʻrisidagi eʼlonlar koʻpaymoqda.

Ularning xaqiqiyligini rasmiy manbalardan tekshirmaslik, firibgarlarning aldoviga ishonib sohta veb-sayt va kanallarda shaxsiy maʼlumotlarni kiritish natijasida ayrim foydalanuvchilar oʻzlarining plastik karta bilan bogʻliq hamda bank yoki toʻlov tashkilotlarining mobil ilovasi akkauntlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, sir tutilishi lozim boʻlgan bir martalik tasdiqlash kodlarni oshkor etmoqda.

“Firibgarlar yuqoridagi maʼlumotlarni qoʻlga kiritsa, ulardan foydalanib mobil ilovalarni ruxsatsiz boshqarish xuquqiga ega boʻlishi mumkin”, — deyiladi xabarda.

Bunday nohush xolatlarning oldini olish maqsadida Markaziy bank ogohlantiradi:

  • eʼlonlardagi har qanday aksiyalar, pul yutuqlari va boshqa takliflarni tashkilotlarning rasmiy veb-sahifasidan qayta tekshiring;
  • veb-sahifaning rasmiyligiga ishonch xosil qilmasdan ularga oʻz shaxsiy maʼlumotlaringizni kiritmang;
  • ijtimoiy tarmoqlar hamda messenjerlar orqali turli kanal va guruhlarda tarqatilayotgan, aksiya va yutuqli lotoreya oʻyinlari toʻgʻrisidagi reklamalar keltirilgan havolalarni tekshirmasdan turib ochmang;
  • oʻzingiz rasmiy ekanligiga ishonch xosil qilmagan veb-sahifalar havolalarini boshqalarga tarqatmang.