Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Buyuk Britaniya AQSHdan gaz import qiladi

AQSH 2023 yilda Buyuk Britaniyaga 10 mlrd kub metr gaz yetkazib berish boʻyicha shartnoma imzoladi

Buyuk Britaniya 2023 yildan AQSHdan suyultirilgan gaz importini amalga oshiradi.

Qayd etilishicha, AQSH 2023 yilda Buyuk Britaniyaga 10 mlrd kub metr gaz yetkazib berish boʻyicha shartnoma imzoladi.

“Buyuk Britaniya va AQSH energiya xavfsizligi va undan foydalanish boʻyicha yangi hamkorlik doirasida Buyuk Britaniya va AQSH Rossiya energiya eksportiga global qaramlikni kamaytirish, energiya bozorlarini barqarorlashtirish va energiya samaradorligi, qayta tiklanadigan energiya va atom energetikasi boʻyicha hamkorlikni faollashtirishda yetakchilik qiladi”, – deyiladi bayonotda.

Britaniya bosh vaziri Rishi Sunakning soʻzlariga koʻra, AQSHning LNG yetkazib berish hajmining oshishi Buyuk Britaniyada gaz narxini pasaytirishga ham yordam beradi. Bundan tashqari, ushbu kelishuv doirasida mamlakatlar toza energiya manbalarini yaratishda hamkorlik qilishni rejalashtirgan.

Maʼlumot uchun, Buyuk Britaniya 2023 yil 1 yanvardan boshlab Rossiyadan suyultirilgan gaz importini butunlay toʻxtatadi va butun dunyo mamlakatlariga Rossiya gaziga qaramlikni kamaytirishda yordam beradi.