Maʼlum qilinishicha, sentyabr oyida Oʻzbekistonga Rossiyadan 78,3 ming nafar sayyoh kirib kelgan. Bu 2022 yilning boshqa oylariga nisbatan eng yuqori koʻrsatkichdir. Shuningdek, Oʻzbekistonga 2022 yilning 9 oyi davomida Rossiyadan 395,1 ming nafar rossiyalik tashrif buyurgan.
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida 3,6 million nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan. Bu koʻrsatkich 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,5 million nafarga yoki 3,2 baravarga oshgan.
Qayd etilishicha, Oʻzbekistonga 9 oyda oyda eng koʻp Qozogʻiston (1076,2 ming nafar) fuqarolari turistik maqsadda tashrif buyurgan.
Avvalroq Toshkentda rossiyaliklarning oqimi tufayli uylarning ijara narxi keskin koʻtarilgani haqida xabar berilgandi.


