Rossiyalik sayyohatchilarning Oʻzbekistonga tashrifi 20 foizga oshdi. Bu haqda Ria Novosti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Rossiya Turoperatorlari Assotsiatsiyasi (ATOR) ijrochi direktori Maya Lomidze soʻzlariga koʻra, Rossiya fuqarolari MDH davlatlari ichida Oʻzbekistonga borishni koʻproq afzal koʻrishmoqda.
2022 yil davomida rossiyalik sayyohatchilarning Oʻzbekistonga tashrifi 20 foizga oshdi. Bu MDH mamlakatlari orasida yetakchi hisoblanadi.
“Agar 2021 va 2022 yil taqqoslanadigan boʻlsa, bu kamida 20 foizni tashkil etadi”, dedi Lomidze.
Shuningdek, Lomidze fikricha, rossiyaliklar asosan Samarqand, Buxoro va Xiva shahriga sayohatni afzal koʻrmoqda.
Oʻzbekiston Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida Rossiyadan kelgan sayyohlar soni 2021 yil yakunlariga nisbatan ikki baravar koʻpayib, 395,1 ming kishiga yetgan.


