AQSH prezidenti Jo Bayden butun dunyo boʻylab neft va gaz kompaniyalarini yoqilgʻi narxi oshishi fonida energiya ishlab chiqarishni koʻpaytirishga chaqirmoqda. Bu haqda energetika vaziri Jennifer Grenxolm CNN telekanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.
“Prezident dunyodagi barcha yetkazib beruvchilardan ishlab chiqarishni koʻpaytirishni soʻradi. Bunga OPEK, jumladan, bizning mahalliy neft va gaz ishlab chiqaruvchilarimiz kiradi”, — deydi u.
Grenxolm bu haqda Baydenning Ar-Riyodga boʻlajak safari haqida gapirayotgan vaqt aytib oʻtdi. AQSH Prezidenti Saudiya Arabistoniga energetika masalalari boʻyicha xalqaro konferensiya uchun boradi.
Grenxolm tadbir doirasida Bayden Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon bilan uchrashishini istisno etmadi.
Amerika yetakchisining oʻzi avvalroq Saudiya shahzodasi bilan shaxsan uchrashish niyatida emasligini, biroq u “oʻzi ishtirokchi boʻladigan xalqaro uchrashuvga” ketayotganini aytgan edi.
Avvalroq dunyodagi eng yirik xej-fondlaridan biri boʻlgan Bridgewater Associates asoschisi Rey Dalio qazib olinadigan yoqilgʻidan juda tez uzoqlashish yomon oqibatlarga olib kelishidan ogohlantirgandi.


