Xorvatiya 2023 yil boshidan yevroni pul birligi sifatida qabul qilishga tayyor. Bu haqda Yevrokomissiya maʼlum qildi.
Shundan soʻng yevro qoʻllaniladigan mamlakatlar soni 20 taga yetadi.
“Yevrokomissiya bahosi iyun oyida Yevropa Ittifoqi rahbarlari tomonidan tasdiqlanishi kerak”, deb xabar bermoqda Reuters.
Yevropa Ittifoqi moliya vazirlari Xorvatiya kunasi yevroga konvertatsiya qilinadigan kursni belgilaydi. Olti oy ichida Xorvatiya yangi valyutaga oʻtishga tayyorgarlik koʻradi.
Xorvatiya 2013 yildan beri Yevropa Ittifoqi aʼzosi hisobanadi.
Yevrohududga kirish uchun mamlakat narx va valyuta kursining barqarorligi, byudjet taqchilligi, davlat qarzi, uzoq muddatli foiz stavkalari va boshqa bir qator mezonlarga javob berishi kerak edi.
Mavzuga doir: “Yagona rubl hududi”: YEOII mamlakatlari milliy valyutadagi hisob-kitoblar boʻyicha kelishib oldi.


