Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Moliya

Oʻzbekistonda sport maktabi murabbiylarining ish haqi 35 foizga oshiriladi

Yangi tizim Buxoro viloyati misolida tushuntirildi.

Oʻzbekistonda sport maktabi murabbiylarining ish haqi 35 foizga oshiriladi. Bu haqda Prezident raisligidagi videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.

Yangi tizim Buxoro viloyati misolida tushuntirildi.

Qayd etilishicha, har bir mahallada ikkita mavsumda (aprel-iyun, sentyabr-dekabr) musobaqalar tashkil etilib, yaxshi natija koʻrsatgan yoshlar sport boʻlimi va yoshlar yetakchisi tomonidan elektron roʻyxatga kiritiladi.

Sport maktabi trenerlarining ish haqi 35 foizga oshiriladi. Bundan tashqari, yaxshi natija koʻrsatgan maktab direktorlari, murabbiylar va boshqa mutaxassislarga qoʻshimcha 50 foizgacha ustama toʻlanadi.

Jamoaviy sport turlari boʻyicha hududiy chempionatlarda sportchilari gʻolib boʻlgan trenerlarga 5 foiz, respublika chempionatida – 20 foiz ustama beriladi;

Viloyatdagi sport maktablari ixtisosligiga qarab olimpiya sport turlari boʻyicha bazaga aylantiriladi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 2022 yil 1 iyundan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi 12 foizga oshiriladi.