Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Moliya

Toshkent viloyatida Turkmaniston manatini dollarga almashtirayotganlar qoʻlga olindi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatildi.

Foto: IJQKD

Toshkent viloyatida valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritayotganlar qoʻlga olindi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi va DXX xodimlari tomonidan valyuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldini olish yuzasidan tezkor tadbir oʻtkazildi.

Unda fuqarolar R.B. va O.A. oʻzaro til biriktirib, fuqaro R. ga 77,9 ming Turkmaniston manatini 6500 dollarga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi Chilonzor tumanida joylashgan savdo markazi oldida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar B.A. va A.Q. oʻzaro til biriktirib, 213 ming Turkmaniston manatini fuqaro R. ga 13 ming dollar va 60 million soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilayotgani maʼlum qilindi.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda hech qaysi bank Turkmaniston manatini sotmaydi va sotib olmaydi.