Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Iqtisodiyot va moliya

Hindiston bugʻdoy eksport qilishni taqiqlaydi

Rossiyaning Ukrainaga hujumi fonida dunyoda bugʻdoy yetishmasligi mumkinligi haqidagi xavotirlar paydo boʻldi. 

Hindiston hukumati oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash hamda qoʻshni va muhtoj davlatlarga yordam koʻrsatish maqsadida mamlakatdan bugʻdoy eksportini taqiqlovchi farmon chiqardi, deb xabar bermoqda Times of India hujjat matniga tayanib.

Qayd etilishicha, bugʻdoy eksportiga faqat “qaytarib boʻlmaydigan akkreditiv berilgan taʼminot”ga nisbatan ruxsat etiladi.

“Eksportga Hindiston hukumati tomonidan boshqa mamlakatlarga oziq-ovqat xavfsizligi ehtiyojlarini qondirish uchun berilgan ruxsatnoma asosida va ularning hukumatlarining iltimosiga binoan ruxsat beriladi”, deyiladi xabarda.

Rossiyaning Ukrainaga hujumi fonida dunyoda bugʻdoy yetishmasligi mumkinligi haqidagi xavotirlar paydo boʻldi. 

Eslatib oʻtamiz, Qozogʻiston ham bugʻdoy va un eksportini cheklab qoʻydi. Mamlakat bugʻdoyining asosiy bozorlari Oʻzbekiston, Afgʻoniston, Tojikiston va Qirgʻiziston (umumiy bugʻdoy importining 90 foizi) hisoblanadi.