Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Biznes

SpaceX birinchi sayohat missiyasini kosmosga yubordi

Parvoz SpaceX bilan birgalikda Amerikaning Axiom Space kompaniyasi tomonidan tashkil etildi.

Axiom jamoasi SpaceX Falcon 9 raketasida koʻtarildi (Foto: Stiv Nesius / Reuters)

Milliarder Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi kosmonavtlarning birinchi shaxsiy ekipajini Xalqaro kosmik stansiyaga joʻnatdi, sayohat 10 kun davom etadi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Parvoz SpaceX bilan birgalikda Amerikaning Axiom Space kompaniyasi tomonidan tashkil etildi, u ham XKSda tijorat segmentini yaratishni rejalashtirmoqda.

Ekipaj tarkibida 4 kishi bor: isteʼfodagi kosmonavt Maykl Lopes-Alegriya, shuningdek, AQSH, Kanada va Isroildan uch nafar moliyachi.

“Ularning har biri oʻz chiptasi uchun taxminan 55 million dollar toʻlagan”, — dedi Bloomberg agentligiga Axiom asoschisi Kim Gaffaryan.

Sayohat dasturiga tijoriy tadbirlar, laboratoriya tajribalari va ispan-amerikalik oshpaz va restorator Xose Anderson tomonidan yaratilgan oshxona kiradi.

Tijoriy kosmik sayohatga talab yuqori, dedi Gaffaryan, kompaniya keyingi ikkita missiya uchun joylarni sotadi va boshqa Ax-4 missiyasi uchun ham joylarni sotishga harakat qiladi.

Axiom Space ekipajini XKSda amerikalik va nemis astronavtlari, shuningdek, rossiyalik Sergey Korsakov, Oleg Artemiyev va Denis Matveyev kutib oladi.

“Roskosmos” rahbari Dmitriy Rogozin XKS boʻyicha hamkorlik tugatilganini maʼlum qilganiga qaramay, NASA maʼmuriyatining kosmik operatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari Keti Lyuders XKS tinch joy boʻlib qolayotganini aytdi.

NASA Rossiyaning “Soyuz” kosmik kemasiga boʻlgan ishonchni kamaytirish uchun SpaceX Crew Dragon parvozlariga buyurtmalarni oshirmoqda.

Taʼkidlanishicha, bu harakat NASA uchun juda muhim, u allaqachon Blue Originʻs Orbital Reef va Nanoracksʻ Starlab bilan past Yer orbitasida sanoat parklarini yaratish va shaxsiy kosmik parvozlarni koʻpaytirish uchun hamkorlik qilishga harakatni boshlagan.