Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi 42,46 soʻmga pasayib, 11 ming 400,21 soʻmni tashkil etmoqda. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1 AQSH dollarining rasmiy kursi 42,46 soʻmga tushib, 11 ming 400,21 soʻmni tashkil etgan. 1 yevro kursi 12 ming 707,81 soʻmga baholanib, 77,39 soʻmga oshdi. Shuningdek, 1 rubl 136,08 soʻm etib belgilanib, 7,61 soʻmga koʻtarildi.
Maʼlumot uchun, ushbu almashuv kurslari 31 mart, payshanba kunidan kuchga kiradi.


